Protest

Protest (lot. protestor — oshkora is-botlayman) — prokurorning norozi- lik xujjati. O’zbekiston Respublika-si- da P. konunga zid bo’lgan hujjatni qabul qilgan organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, yuqori organga yoxud yuqori mansabdor shaxsga, sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori usti- dan prosessual qonunda belgilangan tartibda beriladi. P. berilgan vaqtdan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko’rib chiqilishi shart. Qo-nunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror P.ni ko’rib chiqishning qisqar-tirilgan muddatini belgilashga hakli. P.ni ko’rib chiqish natijalari to’g’ri-sida 3 kun ichida Pro- kurorga yozma ra-vishda ma’lum qilinadi. P. kollegial organ tomonidan ko’rib chiqiladigan hollarda Majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haklidir. P. shu huj-jatni qabul qilgan yoki yuqrri turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek, P. krnunda belgilangan muddat ichida ko’rib chi-qilmagan taqtsirda, prokuror ana shu hujjatni g’ayriqonuniy deb e’- tirof etish to’g’risidagi ariza b-n 1 oy ichida sudga murojaat etishga haqli. Ariza sudda ko’rib chiqilgunga qadar berilgan hujjatning amal qilishi to’xta-tib turiladi. Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyasiya, kassa- tsiya, xususiy va nazorat tartibidagi P. ishni sudda ko’rish boshlangunga qadar P. bergan prokuror tomonidan, shuning- dek, yuqori turuvchi prokuror tomoni- dan o’zgartirilishi, to’ldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin. G’afur Abdumajidov.