Protez
Protez (Yun. prothesis — qo’shish, ulash) — qo’l-oyoqlarning yo’q qismlari yoki gavda va a’zolarning boshqa mayib qismlari o’rnida vaqtincha yoki doimiy ishlatiladigan mexanik moslama. Kos- metik nuqsonni yashirish (mas, ko’z P.zi) yoki o’zgargan funk-tsiyani tiklash (mas, panja P.i, tish P.i) uchun xizmat qiladi. Kosmetik, ishchi x.amda davo P.lari farq qilinadi. Aktiv, harakatlanuvchan va ushlash funktsiyasini bajaradigan ishchi P.lar korxonalarda ishlash imko – nini beradi. Odatda, bu xil P.ning ichiga ishlash moslamalari joylashtiriladi. Kosmetik (anatomik) P. yo’qotilgan a’zo (mas, qo’l-oyoq, ko’z, tish, quloq chig’anog’i, ko’krak bezi va b.) shakli va qisman funk- tsiyasini tiklash uchun ishlatiladi. Davo protezi biror a’zo funktsiyasini tiklash maqsadida vaqtincha qo’llanadi (mas, or- topedik poyabzal, skoliozda tanaga kiy- diriladigan korset, bandaj, ortopedik apparatlar va h.k.). Qo’l va oyoq P.lari bir necha xil bo’ladi. Oyoq Pan-jasi ke- silganda panja, to’pikdan tiz-zagacha kesilganda boldir, boldirdan chanoq bo’g’imigacha kesilganda son va umuman oyoq bo’lmaganida chanoqson P.idan foy- dalaniladi. Qo’l P.ining esa panja, bi- lak, elka va b. xillari bo’lib, bu ko’proq amputasiya qilingan soha cho’ltog’iga moslanadi. P. polietilen, xlorvinil, termoplast va b. materiallardan engil, qulay va chi-damli, gigienik talablarga javob be-radigan qilib tayyorlanadi. O’zbekistonda P.lar ochiq turdagi “orto- pediya” aktsiyadorlik jamiyati z-dida tay- yorlanib, nogironlarga bepul beriladi va vaqtvaqti b-n almashti-rib turiladi.