Prototip
Prototip (Proto … va tip) — ba- diiy obraz (tip)ga asos bo’lgan Real shaxs. Avtobiografik va memuar asarlarda, li- Rika va hujjatli nasrda, shuningdek, portret san’ati va haykal-taroshlikda boshqa janrlardagiga nis-batan kengroq foydalaniladi. Oshkora shartlilikka asoslangan fantastika, romantizm va b. uslublarga karaganda realizmda P. san’- atkorga voqelikni ba-diiy o’zlashtirish uchun hayotiy material bo’lib xizmat qiladi. Badiiy asar qahramoni bir yoki bir necha P.li bo’lishi mumkin. P. b-n badiiy obraz orasidagi farq har xil. Bu, asar janri va yo’nalishi, muallif- ning indi-vidualligi b-n bog’liq. Ro- mantik asarlarda muallif ko’proq ba- diiy to’qimagaerk berib, P. xayotiga oid faktlarni yo keskin kamaytiradi yoki jiddiy o’zgartirasi (Abdulla Qodiriy “O’tgan kunlar” va b.). Hujjatli Nasr- da esa, aksincha, obraz P.ga eng yuqori darajada yaqinlashtirilib, muallif Real (hayotiy) shaxsga oid asoslardan ko’p uzoklashmaydi, ayrim hollarda, hatto joy va qahramon nomlarini ham aslidagiday saklaydi (B. Polevoyning “Chin inson qissasi”, N. Safarovning “Uzoqni ko’zlagan qiz” asari va b.). Bun- Day hollarda P. haqida gapirishning o’zi shartlidir. Ammo har ikki holatda ham badiiy obraz P.ga nisbatan ancha keng va serma’no bo’ladi. Chunki muallif P. hayoti va xarakteriga oid fakt va xusu- siyatlarni hayotdagi boshqa shunday kishi (yoki P.)lar xarakteri va turmushidagi faktlar b-n, shuningdek, o’z qarashlari va ideallari b-n ham boyitadi. P.li ob- razda ham muallif hayot hodisalarini tipiklashtirish va umumlashtirishda badiiy to’qimadan foydalanadi. Bu esa unga hayotda o’zi ko’rgan-bilgan voqea- hodisalardan, Real shaxs (P.)lar hayoti faktlaridan samarali foydalanib, haqqoniy va to’laqonli badiiy obraz- lar yaratish imkonini beradi. Badiiy obraz P.lari tadqiqotchilarni san’at- kor ijodxonasi va asarning yaratili- shi tarixi b-n qiziktiradi. Bu ishtad- qiqotchidan o’ziga xos nazokat talab eta- Di.