Psixofizik masala

Psixofizik masala – keng ma’noda — psixik xususiyatlarning fizik hodisalar bilan munosabati, tor ma’noda — psixik va fiziologik (neyrogumoral) jarayonlar o’rtasidagi nisbat masalasi. 17-asr mexanistik falsafasida Psixofizik masalani hal etishning 2 varianti vujudga keldi: psixofizik o’zaro ta’sir (Dekart; ong sezgilar va shu kabi orqali tana ta’sirida bo’ladi va unga Iroda bilan ta’sir etadi) va psixofizik parallelizm (psixik va fizik jarayonlarning parallel ravishda namoyon bo’lishi). Psixofizik parallelizmga G. V. Leybnis, N. Malbransh idealistik, D. Gartli (18-asr) materialistik mavqedan yondashganlar va u 19-asrda keng tarqalgan. Dialektik Materializm Psixofizik masalani psixika voqelikni faol aks ettiruvchi xossadir deb tushunish asosida hal qiladi.