Pul birligi

Pul birligi, mamlakatning pul birligi — mamlakatda qonun yo’li bilan joriy etilgan pul belgisi, mamlakat pul tizimining asosiy unsuri bo’lgan pul hisob-kitobi birligi. Masalan, O’zbekistonning Pul birligi —so’m. AQShning Pul birligi — AQSh dollari, Buyuk Britaniya Pul birligi — funt sterling. Pul birligi mayda qismlarga bo’linadi. Masalan, 1 so’m=100 tiyin, 1 rubl=100 kopeyka, 1 AQSh dollari=100 tsent. 21-asr boshiga kelib jahon mamlakatlarining birontasida ham monometall pul muomalasi qolmadi. Shu sababli, asosiy Pul birligi kredit bank biletlari (banknotlar), shuningdek, davlat xazina biletlari va tanga pullardan iborat.