Pula

Pula — Xorvatiyadagi shahar, Istriya yarim orolida. Aholisi 62,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Adriatika dengizi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik, kimyo, yog’ochsozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Arxeologiya muzeyi tashkil etilgan. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 2-asrlarda qurilgan me’moriy obidalar (zafar arki, avgust ibodatxonasi va boshqalar), shuningdek, 6-17-asrlarga oid binolar saqlangan. Turizm markazlaridan.