Punkt

Punkt (matbaada) — bosmaxona belgilari (harflar, raqamlar va boshqalar) o’lchamlarini aniqlash uchun qo’llanadigan birlik. Kvadratning 1/48 ulushi (0,376 mm)ga teng. Shriftlarning kegli Punkt bilan belgilanadi. Punkt frantsuz dyuymi (27,1 mm) ga asoslanadi. Shunda Punkt=0,376 mm. Ingliz o’lchov tizimida ingliz dyuymi (25,4 metr) dan foydalaniladi. Bunda Punkt =0,351 mm.