Pustula

Pustula (lotincha pustula — g’udda), madda — ichiga yiring to’plangan pufakcha. Pustulaning terida yuza yoki chuqur joylashishiga qarab yuzaki (husnbuzar, follikulit, impetigo, sizlog’ich) hamda chuqur (ektima, ruliya) xillari farq qilinadi. Terining turli yiringli kasalliklari (piodermiya) va zaxmning ikkinchi davrida uchraydi. Chuqur Pustula bitganidan keyin o’rni chandiq bo’lib qoladi.