Qal’a

Qal’a-mudofaa maqsadida qurilgan, strategik jihatdan qulay va mustahkam tayanch punkti. Qal’aning dastlabki ko’rinishlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo’lgan. Bunday qal’a atrofi paxsa, tosh va boshqa materiallardan tiklangan devor bilan o’ralgan turar joydan iborat bo’lgan. Keyinchalik qal’a devorining atrofida xandaqlar qazilgan. Har bir qal’ani uning o’z aholisi mudofaa qilgan.