Qal’aliqir

Qal’aliqir — qadimiy Xorazm hududidagi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 6-4-asrlar). Toshhovuz viloyati (Turkmaniston) hududida, qadimiy Chirmonyop kanali bo’ylarida joylashgan. 1939 yil S.Gt. Tolstov tomonidan tadqiq etilgan. 1950 yilda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan qayta tadqiq qilingan. 1953 va 1958 yilda Yu.A.Rappoport rahbarligida tekshiruv ishlari olib borilgan. Qal’aliqir 2 ta yirik shahar xarobasidan iborat. Qal’aliqir 1 to’g’ri to’rtburchaksimon shaklda, hajmi 1100×700 m.etr Qal’aliqir P esa uchburchaksimon (tepalik shakliga ko’ra) bo’lib, maydoni 1000×400 metr. Shahar xarobalarining ichki yuzasida madaniy qatlam mutlaqo uchramaydi. Bu joy chorva saqlanadigan qo’ra vazifasini o’tagan. Shahar aholisi mudofaa devoriga joylashgan usti gumbaz bilan yopilgan yo’laksimon tor xonalarda yashaganlar. Qal’aliqirda 2 ta parallel ichki yo’laksimon turar joy xonalari topilgan. Qal’aliqirning boshqa qismida turar joylar aniqlanmagan. Shimoliy devor oldidagi ko’p xonali bino dafn inshooti — “o’liklar uyi” bo’lib, unda loydan yasalgan katta idishlarda (ossuariylar) mayyitlarning suyaklari saqlangan. Avestoda xuddi Qal’aliqirdagi kabi yo’laksimon turar joylar, kvadrat shakldagi varlar haqida aytib o’tilgan.