Qalandarlik

Qalandarlik — sufiylik-zohidlik harakati. Malomatiylar zohidlik maktabining g’oyalari ta’sirida yuzaga kelgan. Keyinchalik darbadar-gado darvishlar birodarligi (tariqati) ham Qalandarlik deb atalgan. Qalandarlik Xurosonda va O’rta Osiyoda 11-asr boshlarida yuzaga kelib, dastlab aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo’lmay, tarafdorlari kam edi. Keyinchalik ommalashib, Sharqda Farg’onadan tortib, g’arbda Iroq va Shom (Suriya)ga qadar keng tarqalgan. Nakshbandiya, yassaviylik, kubroviylik Qalandarlikning mashhur suluklari hisoblangan. Qalandarlik suluklarining ta’siri Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir ham seziladi.