Qalay o’lati

Qalay o’lati — oq qalayning kulrang qalayga shakl o’zgarishi ((5—>a). Odatdagi oq qalay kulrang qalayga (13,2° dan yuqori trada) aylanganda hajmi (25% ga) kengayib (R8p ning zichligi a8p nikiga qaraganda katta), kukunga aylana boshlaydi. Bu hodisa Qalay o’lati deyiladi. Qalayli buyumlarning sovuqda yemirilib, kukunga aylanib ketishining (-33° da Qalay o’lati ayniqsa tezlashadi) sababi ana shu. Qo’rg’oshin va boshqalar ko’pgina aralashmalar Qalay o’latini to’xtatadi. Yonilg’i idishlarning qalay bilan kavsharlangan joyidagi qalayning “qalay o’lati”ga uchrab yemirishi natijasida Janubiy qutbda R.Skott ekspeditsiyasi 1912 yilda halok bo’lgan.