Qanotoyoqli mollyuskalar

Qanotoyoqli mollyuskalar — orqajabrali mollyuskalar turkumi nomi. Suv havzalarida keng tarqalgan. Oyog’i qisqarib ketgan; faqat uning ikki yonidagi parapodiylari qonotga o’xshash kengaytan bo’lib, suzish vazifasini bajaradi (nomi shundan). Chig’anog’i spiral shaklda yoki ikki tomonlama simmetriyali, ba’zilarida yo’q. Tanasi xira yoki yorqin tusda. Germafrodit. 100 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan, ayniqsa, tropik dengizlarda ko’p uchraydi. Ayrim turlari tuxumlarini maxsus tuxum xaltasida olib yuradi; tuxumlari faqat urg’ochisi halok bo’lgach, suvga chiqadi. Ba’zi turlarida tuxumlar suvda qalqib turadigan shilimshiq kapsula ichida bo’ladi. Plankton lichinka hosil qilib ko’payadi. Suv qa’rida yashaydi, plankton bilan oziqlanadi. Sutka davomida vertikal migrasiya qiladi. Ayrim ko’p uchraydigan turlari ovlanadigan baliqlar va mo’ylovli kitlar uchun oziq bo’ladi.