Qaraimlar

Qaraimlar (o’zlarini qaraylar deb atashadi; yahudiycha qaraim — o’qiydigan) — 1) Ukraina (asosan, Qrimda, 1,4 ming kishi), Litva (taxminan 300 kishi) va Rossiyada (Moskva va Sankt-Peterburgda taxminan 700 kishi) yashovchi xalq. Umumiy soni sobiq Ittifoq davlatlarida 2,6 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Polsha, Frantsiya va Isroilda ham yashaydilar. Qaraim tilida so’zlashadi. Dindorlari qaraimiylikka sig’inadi; 2) iudaizm (yahudiylik)da (8-asrda) paydo bo’lgan sekta izdoshlari, asosan, Isroilda yashaydi. Ular faqat Qadimiy ahdni muqaddas kitob deb e’tirof etadilar.