Qarg’atuyoq, po’fanak
Qarg’atuyoq, po’fanak — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik ildizpoyali o’tlar turkumi, dorivor o’simlik. 90 ga yaqin turi ma’lum. Rossiyada 46 turi tarqalgan, ba’zi turlari O’rta dengiz sohillarida manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. O’zbekistonda 6 turi o’sadi. Bandli Qarg’atuyoq (A.reioppoka 1ig.) ning bo’yi 5-25 santimetr, barglari bandli, panjasimon, guli yirik, och sariq yoki oq. Mevasi bir urug’li yong’oqcha. Mart-aprel oylarida gullab, aprel mayda urug’laydi. Cho’l, adir va tog’ zonalarida uchraydi. Qarg’atuyoqning ko’p turlari zaharli.