Qavariq jism

Qavariq jism — istalgan ikki nuqtasini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasi butunlay o’ziga tegishli bo’lgan geometrik jism. Masalan, shar, kub, tetraedr, shar qatlami, tsilindr, piramida, konus, ellipsoid va boshqalar. Qavariq jism sirti yoki shu sirt ustida yotadigan soha qavariq sirt deyiladi. Qavariq jism chegarasidan u jism bilan umumiy nuqtaga ega va ayni vaqtda jismni ikkiga ajratib yubormaydigan kamida bitta tekislik (tayanch tekislik) o’tadi. Bu xossa Qavariq jism ta’rifi sifatida olinishi ham mumkin. Qavariq jism — har bir nuqtasida tayanch tekislik mavjud bo’lgan sirtdir. Silliq sirt uchun bunday tekislik vazifasini urinma tekislik bajaradi. Silliqlik ro’y bermagan nuqtada (masalan, kubning uchida) cheksiz ko’p tayanch tekislik o’tkazish mumkin. To’plamlar nazariyasida ham “qavariq” termini ishlatiladi: istalgan ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesmani o’z ichiga olgan to’plam qavariq to’plam deyiladi. Shuningdek, Qavariq jism kamida bitta ichki nuqtaga ega bo’lgan yopiq to’plam sifatida ta’riflanadi. Tekislikdagi qavariq figurani Ax+Vu+S>0 (yoki < 0) ko’rinishdagi tengsizliklar sistemasi bilan ifodalash, ya’ni qavariq figurani (masalan, uchburchakni) bir necha yarim tekislikning kesishmasi deb qarash mumkin. Shuningdek, Qavariq jismni ax+Vu+S1+y>0 yoki < 0 shakldagi tengsizliklar sistemasi bilan ifodalangan, ya’ni Qavariq jism (masalan, tetraed)ni bir necha yarim fazolarning kesishmasi sifatida qarash mumkin. Ushbu u>0, x—u>0, 2x—u—2 < 0 tengsizliklar M,(0,0), m2(1,0), m3(2,2) nuqtalar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqlar kesishmasidan hosil bo’lgan uchburchakni, u>0, 2x+u—2<0, —x+2u—2<0, x>0 tengsizliklar esa uchlari M,(0,0), M2(1.0), m3(2,2), M4(0,1) nuqtalardan iborat to’rtburchakni aniqlaydi va hokazolar. Qavariq jismlar 5 turga bo’linadi: 1) chekli (chegarasi yopiq qavariq sirt); 2) cheksiz (chegarasi — cheklanmagan bitta sirt, masalan, paraboloid); 3) ikki tomoniga ham cheksiz bo’lgan tsilindr (chegarasi — yopiq qavariq tsilindrik sirt, masalan, cheksiz doiraviy tsilindr); 4) ikkita parallel tekislik orasidagi soha; 5) butun fazo tayanch funktsiyalari yordamida berilishi mumkin (tayanch funktsiya — tayanch tekislikning koordinatalar boshigacha masofasini bildiradi; bu masofa jismdan tashqariga qarab yo’nalgan tayanch tekislikka perpendikulyar bo’lgan birlik vektorning funktsiyasidir). Qavariq jismlarga — chekli sonda olingan qavariq ko’pburchaklar bilan chegaralangan ko’p yoqlilar eng sodda misoldir. Istalgan Qavariq jism uchun xohlagancha yaqin qavariq ko’p yoqlilar yasash mumkin. Qavariq jism nazariyasi geometriya, sonlar nazariyasi, matematik analizda qo’llaniladi.