Qayipnazarov Boyniyoz

Qayipnazarov Boyniyoz (1916. 25.8, Chimboy tumani) — qoraqalpoq xalq shoiri. Moskvadagi adabiyot institutini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). 1946-66 yillarda maktabda o’qituvchi, jurnal va nashriyotda muharrir, “Qoraqalpog’iston” nashriyoti badiiy adabiyot bo’limida katta muharrir (1967 yildan). “Oltin kuz” (1952), “Qizil gul” (1959), “mening baxtim” (1966), “Vatanim” (1970), “Guldasta” (1974) kabi to’plamlarida qoraqalpoq xalqining hayoti aks etgan. “Orol ovozi” she’riy to’plami o’zbek tilida nashr etilgan (1959). Sh.Rashidovning “Kashmir qo’shig’i” asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.