Qizilsoy
Qizilsoy — Toshkent viloyatidagi soy. Uzunligi 54 kilometr. Havzasining maydoni 363 km2. Chatqol tizmasining g’arbiy tarmog’idan, Chatqol qo’riqxonasi hududidagi Qizilnura tog’idan yarim kilometr Janubi g’arbda, dengiz sathidan 3080 metr balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (chap irmog’i Oqtoshsoyning quyilishigacha) Boshqizilsoy deb ataladi. Quyi qismida suvi sug’orishga sarflanadi, Krasnogorsk shahri dan g’arbroqda Toshsoy yaqinida esa butunlay qurib qoladi. Asosan, qor, qisman yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi quyilishidan 23 kilometrda 1,46 m3/sek. To’linsuv davri Fevral—martda, eng kam suv sarfi avgust—sentyabrda kuzatiladi va 2,22—0,11 m3/sek. orasida o’zgaradi.