Qo’ng’iroqguldoshlar

Qo’ng’iroqguldoshlar — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. O’t, chala buta va kichik daraxtlardan iborat. Ko’pchiligining sut shirasi bor. Barglari butun, navbatlashib, ba’zan qarama-qarshi yoki doira bo’lib joylashgan. Gullari to’g’ri, ba’zan zigomorf, ikki jinsli. Gultoji qo’nqiroqsimon qo’shilib o’sgan. Otaligi 5 ta. Mevasi ko’p urug’li ko’sakcha yoki rezavor. Shimoliy yarim sharning mo’tadil mintaqalarida hamda Janubiy yarim sharning mo’tadil hududlarida 70 turkumi (2000 turi) bor. Shundan O’zbekistonda 6 turkumi (13 turi) o’sadi. Qo’ng’iroqguldoshlardan qo’ng’iroqgul va lobeliya keng tarqalgan.