Qora dengiz
Qora dengiz — Atlantika okeanining materiklararo dengizi, Yevropa bilan kichik Osiyo yarim oroli oralig’ida joylashgan. Kerch bo’g’ozi orqali Azov, bosfor bo’g’ozi orqali marmar, Dardanell bo’g’ozi orqali Egey va O’rta dengizlari bilan tutashgan. Rossiya, Ukraina, Moldova, Gruziya, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya qirg’oqlarini yuvib turadi. Maydoni 422 ming km2. Dengiz g’arbdan sharqqa 1130 kilometr, shimoldan janubga 260 kilometrgacha cho’zilgan. Eng chuqur joyi 2210 metr. Qirg’oqlarining umumiy uzunligi 4090 kilometr, kam parchalangan. G’arbiy va shimoliy-g’arbiy qirg’oqlari past, sharqi va Janubda katta va kichik Kavkaz hamda Pontiya tog’lari dengizga tik tushgan. Qrim yarim orolining janubiy sohili tog’li. Orol kam. Yirik qo’ltiqlari: Karkinit, Kalamit va Feodosiya. Qora dengizga Dunay, Dnestr, Inguri, Rioni, Chorux, sakar va boshqa daryolar quyiladi. Qora dengiz tubi geologik jihatdan bir xil emas. Shimoliy-g’arbiy qismi materik sayozligidan iborat. Chuqur cho’kmalari Alp burmalanishi natijasida hosil bo’lgan. Sharqiy qirg’oqlardagi materik yon bag’irlarida yoriq va kan’onlar uchraydi. Ayrim suv osti tog’lari 400 metr balandlikkacha ko’tarilib turadi. Dengizning chuqur botiqlari hozir ham cho’kmoqda. Qora dengizning shimoliy qismi mo’tadil zonada joylashganligi uchun qishi iliq, yozi esa issiq, Janubiy qismi subtropik va o’rta dengizbo’yi subtropik iqlim zonasida bo’lib, eng issiq va sovuq oylarning temperaturasida farq kam. Qishda dengizning shimoliy- g’arbiy qismi quruqlikdan esadigan shamollar ta’sirida sovuqroq. Bu yerda yanvarning o’rtacha temperaturasi -2.6°, -3″. Yoz faslida dengiz Azor antisikloni ta’siri ostida bo’lgani sababli yilning boshqa fasllariga nisbatan quyoshli kunlar ko’p bo’ladi. Iyulning o’rtacha temperaturasi dengizning deyarli barcha qismida bir xil, 25° gacha. Yillik yog’in notekis taqsimlangan, dengizning Janubi-g’arbida eng ko’p — 2450 mm. Dengiz suv balansida bug’lanishga nisbatan yoqqan yomg’ir va Daryo suvlarining kirimi ko’proq, shu sababli suv sathi O’rta va marmar dengizlari suvi sathiga nisbatan 9-12 santimetr balandroq. Bu esa Qora dengizdan marmar dengizi tomon suvning doimiy oqib turishini ta’minlaydi. Dengizda suv ko’tarilishi kam kuzatiladi. Sho’rligi yuza qismida 18°/^^, qirg’oqlari yaqinida 16°/0(|, 150-200 m chuqurlikda 22°/00 gacha. O’rta dengizning sho’r suv osti oqimlari Bosfor bo’g’ozi orqali Qora dengizga o’tib turadi. Yozda dengizning yuza qatlamidagi suvining temperaturasi 25″, qirg’oq yaqinidagi sayozliklarda 28° gacha. 150-200 metr chuqurliklarda suvning temperaturasi kam o’zgaruvchan, 8-9°. Qishda suvning temperaturasi 8–9°, dengizning shimoliy-Sharqiy va shimoliy-g’arbiy qirg’oqqa yaqin sayoz qismlari hatto muzlaydi. Qora dengizning 150-200 metr chuqurlikkacha bo’lgan qismi hayot mavjud bo’lishi uchun etarli kislorodga ega. Undan chuqurdagi suvda oltingugurt bo’lib, uning miqdori dengiz tubida 11 — 14 ml/litrga yetadi. Bu zonada faqat bakteriyalar yashaydi. Dengiz suvi ancha tiniq, ichkari qismida tiniqlik 18— 21 metrdan 30 metrgacha, qirg’oqlar yaqinida esa tiniqlik kamayadi. O’simlik va hayvonot dunyosi o’ziga xos. Ular dengizning yuza qismida (50 metr chuqurlikkacha), qirg’oq bo’yida va qo’ltiqlarda ochiq dengiz hamda dengizning chuqur qismiga qaraganda qo’proq uchraydi. Qora dengiz fitobentosi, asosan, yashil, qo’ng’ir va qizil suvo’tlardan, zoobentos esa turli qisqichbaqasimoi, mollyuskalardan iborat. Dengizda baliqning 180 turi, delfinning 3 turi yashaydi. Stavrida, skumbriya, skat, seld, sazan, sudak, kefal, Taran, leshch, beluga, laqqa baliq, cho’rtan baliqva boshqalar ovlanadi. Qora dengiz transport nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega: jahonning muhim transport yo’llaridan biri. Dengiz orqali sanoat, qishloq xo’jalik mahsulotlari, yo’lovchilar tashiladi. Iirik portlari: Odessa, Yalta, Kerch, Novorossiysk, Tuapse, Sochi, Suxumi, Batumi, Konstantsa, Varna, Bugras, Samsun, Trabzon va boshqalar. Qora dengiz bo’yi yirik rekreasion resurslarga ham ega. Kurort ko’p.