Qoraqalpoq tili
Qoraqalpoq tili – turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va no’g’ay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq- no’g’ay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat tili (o’zbek tili bilan birga). Asosan, Qoraqalpog’istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog’iston va Turkmanistonning unga qo’shni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afg’onistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan iborat (o’tgan asrning 90-yillarning o’rtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoliy-Sharqiy va Janubiy g’arbiy lahjalarga bo’linadi; bu lahjalar fonetik jihatdan o’zaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-asrning 1-yarmida shimoliy-Sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski o’zbek adabiy tilidan foydalanishgan. Qoraqalpoq tilining o’ziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, masalan, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh bilan; sh esa s undoshi bilan almashadi, masalan, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim so’zlarda G’undoshi o’rnida v; g undoshi o’rnida y ishlatiladi, masalan, tav (tog’), tiy (Teg) va boshqalar. Qoraqalpoq tilida, boshqa ko’pchilik turkny tillarda bo’lganidek, umumturkiy so’zlardan tashqari, Arab, eroniy, rus tillaridan o’zlashgan so’zlar ham anchagina. Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan Arab grafikasi asosida 1924 yilda shakllantirilgan. 1929-40 yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda bo’lgan bo’lsa, 1940 yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999 yildan lotin grafikasi asosidagi yozuvga o’tish ishlari amalga oshirilmoqda. Ad.: Baskakov N.A.. Karakalpakskiy yaznk, t . 1 – 2 , M . – L . , 19 5 1-52; ber- dimuratov E., Hazirgi zaman qaraqalpoq tilinip lsksikologiyasm, Nokis, 1968; Baskakov N.A., Vvedenie v Izuchenie Tyurskix yazikov, 2-izd., M.. 1969; Berdimura- tov E.. Umarov A.. Bekimbetov P., Kara- kalpakskiy yazj (fonetika, morfologiya, sintaksis), Nukis. 1983.