Qozixona
Qozixona-qozi tomonidan sudlov ishlarini amalga oshiradigan mahkama. Shariatga ko’ra qozixonalar masjid qoshida bo’lishi kerak bo’lsa-da, ko’pgina sudlov ishlari qozilarning uylarida, bozor kunlar esa bozorlarda ko’rilgan. O’rta Osiyo hududidagi xonliklarda har bir dahada qozixona bo’lgan.