Qubla tozabog’saroyi
Qubla tozabog’saroyi – Xorazmdagi me’moriy yodgorlik (1893— 1913); Xiva tumanida joylashgan. Muhammad Rahimxon II ning yozgi qarorgohi. Majmua har biri 0,5 gektar qurilish madoniga ega bo’lgan 2 qismdan iborat hududni birlashtirgan; majmuadagi turli kattalikdagi 3 hovli atrofi oldi ayyunli 2 qavatli turar joy va boshqa xonalar bilan o’ralgan. Hovlilar o’zaro yo’laklar bilan bog’langan. Majmua tarkibidagi eng hashamdor hovlida yevropacha uslubdagi katta derazali qabulxonalar joylashgan, hovli o’rtasida hovuz bor. Qabulxonalarning asosiysiga mahobatli g’ishtin peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq tarzi ko’k va oq parchinlar, silliqlangan g’ishtlar bilan, saroy xonalari zarhallangan ganch o’ymakorligi bilan bezatilgan, shiftlari xalq me’morligining eng yaxshi an’analarida ziynatlangan.