Qurum
Qurum — asosan, ugleroddan (90% dan ortiq) tashkil topgan uglevodorodlar (benzol, kerosin, naftalin, Skipidar va ba’zi tabiiy gazlar)ning chala yonishi yoki termik parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan qora rangli qattiq o’ta dispers mahsulot. Zichligi 1800— 1900 kg/m3, zarrachalarining diametri 10-350 nm. Qurum — rezinayapng eng muhim faol to’ldiruvchisi. Qurum, shuningdek, qora bo’yoq (tush, bosmaxona bo’yog’i va boshqalar) ishlab chiqarishda pigment sifatida, elektrodlar tayyorlashda va boshqa holatlarda ishlatiladi.