Qushbegi, Qushchi
Qushbegi, Qushchi — tarixiy atama. O’rta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va o’tkazishga javobgar bo’lgan. Qushchilar qarchig’aychi degan nom bilan ham atalgan. Xiva xonligida Qushbegi mehtarsln keyin turgan. U xonlikning shimoliy qismiga mutasaddi bo’lgan; Qo’qon xonligisa Qushbegi harbiy qo’shinning boshligi bo’lib, bu mansab harbiy yurish va jang paytlarida berilgan. Qushbegi mingboshi unvonini olishga da’vogar bo’lgan.