R
R — o’zbek kirill alifbosining o’n sakkizinchi harfi. Til oldi, titroq, sonor, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So’z boshida (rais, rasm, rost), o’rtasida (o’rtoq, surnay, qora) va oxirida (bozor, gulzor, qor) kela oladi. Faol qo’llanuvchi harf (tovush) hisoblansada, o’zbek tilidagi birinchi harfi r bo’lgan so’zlarning barchasi boshqa tillardan o’zlashgandir. Ba’zan talaffuzda (ko’pincha shevalarda) r tovushi tushib qoladi: bormi — boomi, uylar — uyla, onamlar — onamla. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda o’ziga xos belgi-shakllarga ega.