Radioaktiv qatorlar

Radioaktiv qatorlar, radioaktiv oilalar — genetik bog’langan radioaktiv izotoplar guruhdari. Bu guruhlarda har bir keyingi izotop o’zidan oldingi izotopning a yoki (3-parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Har bir radioaktiv qator yarim yemirilish davri (T1/2)katta bo’lgan izotopdan boshlanib, turg’un izotop bilan tugaydi. Tabiatda 3 ta radiaktiv qator mavjudligi ma’lum. Bulardan biri uran qatori bo’lib, uning boshida uranning uzoq mavjud bo’luvchi izotopi 2381DT|/2=4,51109 y.) turadi, bu qator qo’rg’oshinning turg’un izotopi 206Pb bilan tugaydi. Ikkinchisi toriy qatori bo’lib, uning boshida^TXT^^^IO10) turadi va so’nggi mahsulot 2*R bilan tugaydi. Uchinchisi aktin iy qatori, aniqrog’i, aktino uran qatori bo’lib, uning boshida aktinouran — uran izotopi 235i((T1/2=7,13108 y) turadi va qator 207Pb bilan tugaydi. Avvalda ma’lum bo’lgan bu Radioaktiv qatorlarga yana 4-oila — neptuniy qatorini ham qo’shish mumkin. Neptuniy qatori 237Np((T1/2=2,14106 ft.) dan boshlanib, 209Bi bilan tugaydi. 237Np quyidagi reaktsiya natijasida hosil bo’ladi: 238U(n, 2n) 237U p237 Np. Bu reaktsiya kosmik nurlar tarkibidagi tezkor neytronlar bilan, 235U izotopning spontan bo’linishida chiqadigan neytronlar bilan va tabiiy osradioaktiv moddalarning yemirilishida chiqadigan azarrachalar ta’sirida (a, p) hosil bo’ladigan neytronlar bilan 238U izotopining bombardimon qilinishi natijasida sodir bo’ladi. Neptuniy va uning qator a’zolari tabiatda uchramaydi; ular, asosan, sun’iy ravishda (yadro reaktsiyalari yordamida) olinadi. Radioaktiv qatorda massa sonining o’zgarishiga azarrachaning chiqib ketishi sabab bo’ladi. Agar radioaktiv qatorga kiruvchi har bir yadro ozarracha chiqarsa, undagi zaryad (Z) 2 taga, massa soni (A) 4 taga kamayadi. rzarracha chiqqanda, Z 1 ta ortgan holda, A o’zgarmay qoladi. Tabiatda yarim yemirilish davri nisbatan kichik radioaktiv elementlar ham mavjud. Bular protaktiniy, aktiniy, radiy, frantsiy, radon, astat va poloniy bo’lib, tabiatda kam uchraydi. Masalan, tabiatda 1 t uranga 0,34 g 226Ra izotopi to’g’ri keladi (T|/2=1600 y.). Ularning tabiatda mavjudligi Radioaktiv qatorlarga mansubligi bilan tushuntiriladi. Bu holat Radioaktiv qatorlar vaqt o’tishi bilan asriy muvozanatning yuzaga kelishiga bog’liq. Bu muvozanat yuzaga kelganda izotopning hosil bo’lish tezligi uning parchalanish tezligiga teng bo’ladi va shu sababli bu izotop miqdori vaqt o’tishi bilan deyarli o’zgarmaydi. Bunday muvozanatning qatorda yuzaga kelish vaqti qatorning eng uzoq mavjud bo’ladigan a’zosining 10 yarim yemirilishi davriga teng. Radioaktiv qatorlar izotoplarining ko’pchiligi o’ziga xos nom va simvollarga ega. Masalan, Th—230 izotopi ioniy (simvoli 10), ro—214 ra- diy C'(RaC’), Ra—228 esa mezotoriy — 1 (MsTh,) deb ataladi. Ad: Bekjonov R. B., Atom, yadro va zarralar, T., 1973. Saidahmad Xo’jayev.