Rahmatullin Xalil Ahmedovich
Rahmatullin Xalil Ahmedovich (1909, To’qmoq shahri, Qirg’iziston — 1988.10.1, Toshkent) — mexanika sohasidagi olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1947), O’zbekiston va RSFSR da xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1959, 1967). Mehnat Qahramoni (1979), fizika-matematika fanlari Doktori (1943), professor (1943). Moskva universitetini tugatgan (1934). Shu institutda aerodinamika laboratoriya (1937— 52), gaz va to’lqinlar dinamikasi kafedrasi (1952-88) mudiri. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi va texnika fanlari bo’limi raisi (1947-52). O’zbekistonda ko’p fazali muhitlar gidrodinamikasi ilmiy maktabi asoschisi. Asosiy ilmiy ishlari elastik va elastic-plastik muhitlarda to’lqinlar tarqalishining dinamik nazariyasi, elastik bog’lanishlar bo’yicha ko’ndalang zarba nazariyasi, tuproq dinamikasi, singdiruvchi jismlar aerodinamikasi, parashyutlar nazariyasi va ko’p fazali tizimlar mexanikasiga doir. Rahmatullin yuk tushadigan (nagruzkali) va yuk tushmaydigan (nagruzkasiz) to’lqinlar mavjudligini kashf qildi (ular “Rahmatullin to’lqinlari” nomini oldi). Bu kashfiyot inshootlar zaminini hisoblash va ularni loyihalashda, kema zirhi mustahkamligini aniqlash va boshqa masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Rahmatullinning aerostatlarning troslarga ko’ndalang urilishiga bag’ishlangan ishlari 2-jahon urushi yillarida Moskva mudofaasi tizimini tayyorlashda keng qo’llanildi. Rahmatullin rahbarligida paxta chigitidan lint (kalta tolalar) ni aerokimyoviy usul bilan ajratib olish texnologiey va nazariyasi ishlab chiqildi. O’zbek olimlari F. Abutaliyev, E. I. Buzin, G. A. Koshevnikov, J. Fayzullaev va boshqalar Rahmatullinning shogirdlari hisoblanadi. Rahmatullin Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Toshkentdagi ko’chalardan biri Rahmatullin nomi bilan atalgan. As: gazovaya dinamika, M., 1954; Osnovi gidrodinamiki vzaimopronikayutshix dvijeniy sjimaemix Sred, M., 1956; Teoriya osesimmetricheskogo para- shyuta, M., 1980; Vzaimodeystvie Sred i poley, T., 1985; Ad.: Latipov Q. Sh., Ergashev E. V., Fan so’qmoklaridan, T., 1969; akademik Xalil Ahmedovich Rahmatullin, T., 1999.