Rekombinatsiya

Rekombinatsiya (re… va lotincha combination — birikish) (genetikada) — tirik organizmlarda genetik Materialning naslda qayta taqsimlanishi. Rekombinatsiya natijasida evolyutsion o’zgarishlar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan kombinativ o’zgaruvchanlik yuzaga chiqadi. Rekombinatsiya barcha tirik organizmlar: viruslardan boshlab, yuksak o’simliklar va hayvonlargacha xos bo’lgan universal biologik mexanizm hisoblanadi. Rekombinatsiya eukariot organizmlarda jinsiy jarayon yordamida, prokariotlarda kon’yugatsiya, transformatsiya va traneduktsiya, viruslarda qo’shma infektsiya orqali sodir bo’ladi. Rekombinatsiya meyozt gomologik xromosomalarning ajralishi yoki DNK molekulalarining o’zaro ta’siri natijasida DNK bir qismining bir molekuladan ikkinchisiga o’tishi orqali amalga oshiriladi. Rekombinatsiya DNK molekulalari o’rtasida o’zaro qismlar almashinuvidan (ritseprok Rekombinatsiya) yoki molekula bir qismining boshqa molekulaga o’tib qolishidan (ritseproq bo’lmagan Rekombinatsiya) iborat. Rekombinatsiya somatik va jinsiy hujayralarda kuzatiladi. Lekin mitozda Rekombinatsiya tezligi meyozga nisbatan ancha past bo’ladi. Rekombinatsiyaning 3 tipi (umumiy, saytspesifik, noto’g’ri) uchraydi. Umumiy Rekombinatsiya, ya’ni krossingovervl DNKning gomologik ketma-ketligi o’rtasidagi almashinish butun genom bo’ylab sodir bo’ladi. Natijada komplementarlik asosida har xil rekombinativ DNK molekulalaridan ancha uzun (100 juftga yaqin nukleotidlardan iborat) gibrid molekula shakllanadi. Saytspesifik Rekombinatsiya genomning 10— 20 juft nukleotiddan iborat qat’iy cheklangan qismlarida (Masalan, profaglarning bakteriya genomiga ko’shilishida) sodir bo’ladi. Noto’g’ri Rekombinatsiya mexanizmi yaxshi o’rganilmagan. Noto’g’ri Rekombinatsiya nogomologik DNK molekulalarining uzaro ta’siridan iborat bulib, translokasiya, inversiya, delesiya va boshqa jarayonlar bilan bog’liq. Rekombinatsiya orqali genlarning birikish guruhi aniqlanadi; genlarning joylashishini ifodalovchi genetik xaritalar tuziladi; fenotipik ko’rinishining o’xshashligi bo’yicha mutatsiyalarning allelligi ko’rsatiladi. Genetik injeneriya ham rekombinat (gibrid) DNK olishga asoslangan.