Rekonkista

Rekonkista (ispancha Reconquista, reconquistar — jang bilan qaytarib olmoq) — arablar (aniqrog’i mavrlar) bosib olgan hududlarni pirenei yarim oroli tub aholisi tomonidan 8-15-asrlarda jang bilan qaytarib olinishi. Rekonkista 718 yildagi Kovadonga jangi bilan boshlangan. 1212 yil Lasnavasdetolosa jangi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. 13-asr o’rtalariga kelib, arablar qo’lida faqat Granada (G’arnota) amirligi (1492 yil qulagan) qolgan, xolos. Rekonkista urushdan xarob bo’lgan erlarga aholini ko’chirish va iqtisodiy jihatdan o’zlashtirish bilan birga qo’shib olib borilgan. Rekonkista Pirenei yarim orolidagi davlatlarning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan.