RIKARDO DAVID
RIKARDO DAVID – (1772-1823) ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy nazariyasining ko’zga ko’ringan namoyandasi. Uning eng mashhur asari “Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” ( 1817-yil). U iqtisodiy qonunlarni kapitalistik ishlab chiqarishga tadbiq etish va ular orqali ishlab chiqarishni boshqarish masalalarini tahlil etgan, qiymat nazariyasini rivojlantirgan. D. Rikardo ayniqsa xalqaro iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini tadqiq etish doirasida dong taratdi. A. Smit ta’limotining buyuk davomchisi, sanoat to’ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat taqsimotini korxona doirasidan mamlakatlarga ham joriy etishni taklif etgan, nisbiy ustunlik, nisbiy chiqimlar ustunligi nazariyalariga asos solgan. Fabrika davrini to’g’ri tushungan, fritreyderlik (erkin savdo)ni qo‘ llab-quvvatlagan.