Rio-Bermexo
Rio-Bermexo — Janubiy Amerikadagi daryo, Paragvay daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 1600 kilometr, havzasining maydoni 133 ming km2. Markaziy and tog’larining Sharqiy yon bag’irlaridan boshlanib, Gran-Chako tekisligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi 340 m3/sek. Presidensiyaroka shahrigacha kichikroq kemalar qatnaydi.