SABZAVOT, POLIZ EKINLARI, KARTOSHKACHILIK INSTITUTI
SABZAVOT, POLIZ EKINLARI, KARTOSHKACHILIK INSTITUTI, O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkach il ik ilmiy tadqiqot insti- tuti — O’rta Osiyoda sabzavotchilik, po- lizchilik va kartoshkachilik sohasidagi eng yirik ilmiy va metodik markaz. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi va- zirligi huzuridagi qishloq xo’jaligi ilmiy-i.ch. markazi tarkibida. 1960 y.da VASXNIL O’rta Osiyo filiali tarkibi- dagi O’zbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi (1934) bazasi- da mustaqil i.t. in-ti sifatida tashkil etilgan. 1992 y.dan hozirgi nomda. Tosh- kent viloyati Toshkent tumani Ko’ksaroy qishlog’ida joylashgan. In-tda 9 Labo- ratoriya: sabzavot va poliz ekinlari se- lektsiyasi, urug’chiligi; o’simliklarni himoya qilish; agrokimyo; kartoshka ekin- lari selektsiyasi va urug’chiligi; biotex- nologiya; o’simliklar fiziologiyasi va sifati; qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va uni tashkil qilish; sabzavotpoliz ekinlari va kartoshka etishtirish tex- nologiyasi; himoyalangan maydon sabza- vot chiligi mavjud (2004). Int tarki- bida Markaziy tajriba xo’jaligi va respublikaning turli tuproq-iqlim mintaqalarida joylashgan Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyat- larida tayanch bo’limlari bor. Tajriba xo’jaligi va tayanch bo’limlarining bar- cha sug’oriladigan er mayd. 800 ga dan ortiq. In-tda respublikamizning turli tuproqiqlim sharoitiga mos sabzavot- poliz o’simliklarining 25 ga yaqin turi bo’yicha selektsiya, urug’chilik, kartoshka urugligini etishtirish ishlari olib boriladi. O’tgan davr mobaynida in-t olimlari tomonidan 150 dan ortiq sab- zavot-poliz ekinlari navlari yaratilib, ulardan 96 nav Davlat reestriga kiri- tildi. O’zbekistonning issiq iqlim sha- roitida kartoshkaning ertagi va kech- ki muddatda iste’mol uchun va urug’lik maqsadida etishtirish, ya’ni mahalliy nav yaratish, tuganaklarning aynib ke- tishini bartaraf etish, navlar bo’yicha mintaqalarda joylashtirish, ekish mud- datlarini anikdash, yuqori hosil olish texnologiyasi ishlab chikildi. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida uchraydi- gan zararkunanda va kasalliklar bio- logiyasi o’rganilib, ularga qarshi kurash choralari i. ch.ga keng joriy qilindi. Int Pokiston, AQSh, Koreya, Gollandiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Qozog’iston davlatlarining ilmiy muassasalari b-n hamkorlik qiladi. Int faoliyati olim- lardan g. O. Zeman, A. K. Karimov, V. N. Ermoxin, P. N. Dudko, M. N. Kulakova, K. Yusupov, N. G. Kuznesova, O. Ya. Fonina, V. Ya. Vol- kov, A. A. Abdukarimov, S. K. Qo’chqorov, N. R. Bakuras, A. S. Shchukina, A. Obidov, A. B. Boqiev, A. S. Hakimov va b. nomla- ri b-n bog’liq. In-tda R.A. Xakimov, A. M. Abbosov, X. 3. Umarov, E. V. Ermolo- va, M. X. Aromov, V. V. Brejneva, A. I. Rasulov va b. dolzarb muammolar ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Int 400 dan ortiq, shu jumladan 40 ta xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etgan. In-tda aspirantura, muzey, ilmiy kutubxona bor.