Said Ahmad, Saidiy

Said Ahmad, Saidiy (14-a.ning oxiri — Hirot — 15-a.ning 1-yarmi) — shoir. Temuriy shahzodalardan Mironshohning o’g’li, davlat idora ish- larida qatnashmagan. Turkiy va forsiy- da she’rlar yozib, devon tartib bergan hamda noma janrida “Taashshuqnoma” (“Oshiklar maktublari”, Navoiy ta’- biricha, “Latofatnoma”) dostonini yaratgan (1435-36). Dostonni amakisi Shohrux Mirzoga bag’ishlagan. Asar Xo- razmiy “Muhabbatnoma”si va Xo’jandiy “Latofatnoma”siga tatabbu qilingan. Nazira qonuniyatlariga ko’ra, asar tuzi- lishi, maktublar soni (10 ta) jihatidan ham yuqoridagi asarlarga o’xshash; mas- naviy maktublar g’azal va b. lirik janr- lar b-n qorishiq. S. A. dostonida har bir g’azalning ma’lum bir maqom b-n bog’langanligi va ikkinchi nomaning bar- cha misralarida tajnisli qofiya ishla-tilganligi b-n Xorazmiy va Xo’jandiy asarlaridan ajralib turadi. Maktublar turkiy tilda. Asar rangbarang poetic shakllarga boy. Doston o’zbek adabiyoti tarixida noma janrining rivojlanish yo’llarini, 15-a. o’zbek adabiy tilini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Asar- ning yagona qo’lyozma nusxasi London- dagi Britaniya muzeyida, fotonusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Ad.: Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XI veka, M., 1973; Mal- laev N., O’zbek adabiyoti tarixi. T., 1976; Navoiyning nigohi tushgan…, T., 1986.