Saidjonov Musojon Yo’ldoshevich

Saidjonov Musojon Yo’ldoshevich (1893, Buxoro 1937.25.10, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik harakatining namoyandasi, ma’rifat- parvar, tarixchi olim, prof. (1935). Bu- xorodagi Mir Arab madrasasida tahsil ko’rgan. Kogondagi rus-tuzem maktabi- ni tugatgan (1908). 1913 y.dan yosh bu- xoroliklar partiyasi safida. Kolesov voqeasidan keyin Buxoroni tark etgan. Toshkentda o’qituvchilar in-tini tugat- gach, Xo’jandda muallimlik qilgan va teatr to’garaklarida qatnashgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tu- zilgach, S. oziq-ovqat noziri (1920 y. sent. -1921 y. mart), iqtisodiyot nozi- ri muovini (1921 y. mart — avg.), dav- lat nazorati noziri (1921 y. okt. 1922 y. yanv.), CHK (Favqulodda komissiya) ra- isi (1921 y. avg. — sent.), moliya nozi- ri (1922 y. Fev.— apr.), Xalq Xo’jalik Oliy Kengashi raisi muovini (1922 y. okt. — 1923), maorif noziri (1923 y. iyun — 1924). Buxorolik talabalarni Germaniyaga o’qishga yuborish tashabbu- skorlaridan biri. “Milliy Ittihod” tashkiloti faoliyatida qatnashib, A. Z. Validiy b-n yaqin aloqada bo’lgan. S. Buxoro ilmiy jamiyatini tuzish (1921) da faol qatnashgan va BXSR da maorif muassasalarini tashkil qilish, me’mo- riy obidalarni muhofazalash, tarixiy qo’lyozmalarni to’plab, ularni tartibga solish, xalq og’zaki ijodi namunala- rini to’plash kabi ishlarda jonbozlik ko’rsatgan. O’zbekiston tarixiy Yodgor- liklarini muhofaza qilish qo’mitasi raisi, uning Samarqand bo’limi ilmiy xodimi (1925— 36). S. o’zbek olimlari- dan birinchi bo’lib sharqshunoslarning Leningradda bo’lgan 3-Kongressi (1935) da qatnashgan va Ko’chkunchixon maqbarasi haqida ilmiy ma’ruza kilgan. Ilmiy faoliyati uchun olimga professor un- voni berilgan. “Shahrisabz me’moriy yodgorliklari tarixi”, “Samarqandning me’moriy yodgorliklari”, “Shayx say- fiddin Boharziyning vaqfnomasi” nom- li asarlar muallifi. S. o’zbek davlatchi- ligi tarixi masalalarini xolis tadqiq qilgani, madaniy merosga hurmat b-n yondoshgani, “Milliy Ittihod” tashkilo- ti faoliyatiga katnashgani uchun sovet re- jimi tomonidan Samarqandda qamoqqa olingan (1937 y. 13 apr.) va otib tashlan- gan. 1965 y. 2 dek.da oklangan. Ad.: Xo’jaev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; O’zbekistonning yangi tarixi, 2 kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000. Qahramon Rajabov, Kamol Rahmonov.