SAIDRIZO ALIZODA

SAIDRIZO ALIZODA (1887 Samarqand — 1945, Vladimir sh.) — ma’rifatparvar olim, jurnalist, tar- jimon. Asarlarini, asosan, o’zbek va tojik tillarida yozgan. Ilk tahsilni Samarqandning chorraha dahasida Abulqosim Alganjiyning jadid MAK- tabida olgan. Sung shu murabbiy qo’lida madrasani tugatgan. 1924 y.dan “za- rafshon” nashriyotida mudirlik qilgan. 30y.larda Samarqand Pedakademiyasida Arab va fors tillaridan dars bergan. Mustaqil mutolaa b-n shug’ullanib, rus, frantsuz, Arab, italyan, yahudiy, kurd, arman, ingliz, urdu tillarini urgan- gan. 17-18 yoshlaridayoq “nizomnoma” (1904), “Risolat ulittihodiya” (1906) kabi risolalari b-n tanilgan. Ayni paytda 1905-07 y.larda Dimurovlar bosmaxonasida harf teruvchilik qilgan, maqolalar yozgan. Jadid maktablari uchun “Ilmi hisob” (Samarqand, 1906) Darsli- gini tuzgan. Maqolalari “Bahlul”, “Zam- bur”, “Korgar”, “sitamdiyda”, “Mulla Jambul”, “Ranjbar”, “Bog’ishamoliy” kabi taxalluslar b-n bosilgan. 1913— 15 y.larda Behbudiyning “oyna” jur. da yaqindan hamkorlik qilgan. 1917-20 y.larda o’zbek va tojik maktablari uchun “Alifbe” kitoblari tuzib nashr ettir- gan. “Baxt asri” romani ham bor. Push- kin (“Dubrovskiy”, “kapitan qizi”), Lev Tolstoy (“Tirilish”), Mopassan (“Do’ndiq”), Qodiriy (“utgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”) asarlarini tojik- chaga tarjima qilgan. Samarqand sh.da uy-muzeyi bor, maktab, ko’cha, mavze uning nomi b-n ataladi. 1937 y.da kamalgan va siyosiy mahbuslikda vafot etgan. Begali Qosimov.