Saksoniya

Saksoniya — Germaniya eri (Fe- derativ birlik). Mamlakatning Jan. Sharqiy qismida, Chexiya b-n chegaradosh. S hududidan Elba daryosi oqib o’tadi. Mayd. 18,4 ming km2. Aholisi 4,38 mln. kishi (2001). Ma’muriy markazi — Drez- den sh. S. GFR eri sifatida yangi tashkil qilingan bo’lsada, uzoq tarixga ega. Qadimda u tarixiy viloyat bo’lgan. 10-a. da tuzilgan Meysen markazi S.ning ne- gizi bo’lgan. 1806 y.dan Qirollik. 1918 y.da S.da Qirollik ag’darilib, Respu- blika e’lon qilindi. 2-jahon urushiga qadar S hududida joylashgan Drezden, Leypsig va Xemnis sh.lari mamlakat- ning industriya markazlari bo’lgan. 1952 y.da hudud GDR tarkibidagi bir necha okrugga bo’lingan. 1990 y.da ushbu okru- glar er sifatida birlashib GFR tarki- biga kirdi. S. — Germaniyaning aholi eng zich joylashgan va sanoati rivojlan- gan erlaridan. Etakchi sanoat tarmog’I — mashinasozlik (xususan, avtomobil- sozlik, radioelektronika va elektro- texnika sanoatlari), to’qimachilik sano- ati uchun mashina va stanoklar, sovitkich va fotoapparatlar ishlab chiqariladi. Kimyo, poligrafiya, to’qimachilik, tikuv- chilik sanoati korxonalari bor. Drezden sh. turizm markazlaridan (yiliga 5 mln. sayyoh kelibketadi). Leypsigda qadimdan noshirlik ishi rivojlangan. Bu erda har yili xalqaro kitoblar yarmarkasi utka- zil adi.