Saksovul

Saksovul (Haloxylon) — sho’radoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Bo’yi 1,5—12 m, tana- sining diametri 1 m gacha boradi. Guli mayda, ikki jinsli, qaramaqarshi, tan- gachasimon, guloldi qo’ltig’ida bittadan o’rnashgan. Barglari uchli, rivojlanma- gan, tangachasimon, gul xreil qiluvchi novdachalari qari shoxlardan o’sib chiqadi. S.ning yashil novdalari organic modsa to’plashga xizmat qiladi. Iil- lik yosh novdalarining ko’p qismi kuz- da, ayniqsa, sovuq tushishi b-n to’kilib ketadi, ozroq qismi esa yog’ochga aylanib saqlanib qoladi. Alr.dan gullay bosh- laydi, okt.da urug’laydi. Osiyo (O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Xitoy, Mongo- liya)da 10 turi uchraydi. O’zbekistonning Qizilqum cho’llarida o’rmonlarni hosil qiluvchi asosiy turlar — oq va qora S.dir. Kora S. (N. aphyllum) — barg- siz buta yoki daraxt, bal. 4-9 (12) m gacha. Asosan, Osiyoning cho’l va chala cho’llarida, sho’rxok erlarda, sho’rlangan qumlarda, taqirlarda ko’p tarqalgan. Urug’idan ko’payadi. Yo’llarda ixotazor- lar barpo etishda foydalaniladi. Qora S. katta daraxtzorlar hosil qiladi, oq Sdan tana va shoxshabbasining qoramtir bo’lishi, bargining tuzilishi b-n ajra- lib turadi. Oq S. (H.persicum) — Yi- rik buta. Bal. 2,5—6 m. Ildizi 10-11 m chuqurlikka boradi. Qozog’iston, O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni, G’arbiy Xitoy- ning cho’l va sahrolarida o’sadi. Oq S. qumliklarni mustahkamlash uchun eki- ladi. Zaysan Si (H.ammodendron) turi Qoraqalpog’istonning ayrim joylari (Ustyurt)da uchraydi. S.ning xalq xo’jaligida ahamiyati katta. Undan, asosan, o’tin (yoqilg’i), qo’ylar va tuyalar uchun to’yimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi, shamolni to’suvchi vosita sifatida foydalanila- Di. S o’rmonlari tuproqni eroziyadan saqlashda muhim o’rinda turadi. S. 50— 60 y. yashaydi. Asosan, urug’idan ko’payadi va 5—7yili normal urug’lay boshlaydi. O’rta Osiyo va Qozog’istonda S o’rmonlari 22 mln. ga atrofida. O’zbekistonda S. o’rmonlari 1229 ming ga, shundan oq S. 976 ming ga, qora S. 253 ming ga ni egal- laydi. O’zbekistonda cho’l va yaylovlarga ekish uchun 1991 y.da chiqarilgan nortuya navi r-nlashtirilgan. So’nggi yillarda S.ni ko’paytirish maqsadida bir qator o’rmon xo’jaliklari tashkil etilib, sun’iy sak- sovulzorlar barpo qilinmoqda. Abdushukur Xonazarov.