Salamin jangi
Salamin jangi — yunon-fors urushlari davri (mil. AV. 500-449) da Egey dengizidagi Salamin o. yaqinida bo’lib o’tgan jang (mil. AV. 480 y. 28 sent). Bu jangda yunon floti (Evribi- ad qo’mondonligidagi 350-380 Trier — eshkakli kema) fors flotini (Kserks qo’mondonligidagi 800 dan ortiq kema) mag’lubiyatga uchratgan. Yunonlar kemala- rini qulay joylashtirganlari, Jango- var qurollar va jang qilish usullaridan mohirlik b-n foydalanganlari tufay- li g’alaba qozonishgan. Forslar 200 ta, yunonlar 40 ta kema yo’qotgan. S.j. nati- jasida forslar dengiz aloqa yo’llaridan ajralgan, bu esa urushning borishida bu- rilish nuqtasi bo’lgan.