Salat, salat latuk

Salat, salat latuk (Lactuca sativa L.) — murakkabguldoshlar oilasiga man- sub bir yillik o’simliklar turi, sabza- vot ekini, 5 xili: barg S, uziladigan S, boshli S, Romen yoki Rim sti va sarsabil S. bor. Jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Yosh barglari, poyasi, boshchasi iste’mol qilinadi. Bar- gi vitaminlar (V, S, RR), karotin, kaliy, fosfor, temir tuzlariga boy. Ildizi o’q ildiz. Avval to’pbarg, gul, so’ng 60— 120 sm uzunlikda sershox gulpoya hosil qiladi. Gullari ikki jinsli, mayda, sariq, ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan, o’zidan changlanadi. Sovuqqa chidamli, yorug’sevar, suvga talabchan. Urug’i 2-4° da unib chiqadi. S bir yilda 2 marta fevr.— mart va sent.— okt.da sepiladi. Namgarchilik yuqori bo’lsa chirib keta- Di. Gektariga 3-5 kg urug’sarflanadi. O’zbekistonda, asosan, barg S.ning Yi- rik boshli va 2002 y.da O’zbekiston sab- zavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-tida chiqarilgan ko’k shox navlari ekiladi. Kasalliklari: soxta unshudring, qora, oqchirish. Zararkunandalari: sabza- vot shirasi.