Salimov Damir Ismoilovich

Salimov Damir Ismoilovich (1937.19.7, Samarqand) — kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). VGIK (Butunittifoq davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1960). Salimov birinchi o’zbek multiplikatsiya filmlarining (“6×6 kvadratida”; “Sehrli sandiq”) muallif va rejissyori. Keyinchalik “Balkon”, “Do’stingni ehtiyot qil” va boshqa multfilmlarni ishlagan. U “Yo’ldosh Oxunboboyev”, “Non, tuz va qo’shiq”, “yorug’yo’l” kabi hujjatli, “Sahro uzra osmon”, “tog’lar chorlaydi”, “Shum bola”, “hayot mazmuni” singari badiiy filmlarga rejissyorlik qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1983).