Samad Vurg’un
Samad Vurg’un (taxallusi; asl ism-sharifi Samad Yusuf o’g’li veki- lov) (1906.12.5, yuxari Salaxli qishlog’I — 1956.27.5, Boku) — Ozarbayjon shoi- ri, dramaturg va jamoat arbobi. Ozar- bayjon xalq shoiri (1955), Ozarbay- jonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943). Ozarbayjon FA akad. (1945). Ijodi 1924 y.dan boshlangan. SV. ijo- dining dastlabki davrida Ozarbayjon she’riyatiga kirib kelayotgan forma- lizm ko’rinishlariga qarshi kurashgan. “Shoirning qasami” (1930), “fonar” (1932) she’riy to’plamlari, “26” (1935), “Basti” (1937), “Toliston” (1938) va “Mug’an” (1940) dostonlarida 30y.lar- dagi mehnat va kurash romantikasi o’z ifodasini topgan. S.V.ning shu davr- dagi ijodida “voqif” she’riy drama- si (1937) alohida ahamiyatga ega bo’lib, unda 18-a.da yashagan Ozarbayjon shoiri Voqifnmt mashaqqatli hayoti va ijodiy faoliyati katta mahorat b-n tasvirlan- gan. “Farhod va Shirin” dramasi (1941) Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dosto- ni asosida yozilgan. U “Xanlar” (1939) she’riy dramasi, “ona so’zi” (1941), “Oygun” (1951), “negr so’zlaydi” (1948) dostonlari hamda “yondirilgan Kito- blar” (1947) she’riy turkumi mualli- Fi. Insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalmilallik SV. ijodining g’oyaviy asoslarini tashkil etadi. SV. Ozarbay- jon she’riyatida zamonaviy til va uslub- ning shakllanishiga katta hissa qo’shgan. Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Sh. Rustavelli, A. S. Pushkin, T. Shevchenko, M. Gorkiy asarlarini Ozarbayjon ti- liga tarjima qilgan. Uning bir qancha she’r va dostonlari o’zbek tilida nashr etilgan. As: tanlangan asarlar, T., 1958.