Samara viloyati

Samara viloyati – RFdagi VI- loyat. Rossiya Evropa qismining Jan. sharqida joylashgan. Volga bo’yi Fede- ral okrugiga kiradi. 1928 y. 14 mayda (O’rta Volga viloyati sifatida) tashkil qilingan. 1929 y.dan O’rta Volga o’lkasi, 1935 y.dan Kuybishev o’lkasi, 1936 y.dan 1991 y.gacha Kuybishev viloyati deb atal- gan. Mayd. 53,6 ming km2. Axoliey 3239,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shu- ningdek, chuvash, tatar, mordva, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi — 80,6%. Markazi — Samara sh. Boshqa yirik shaharlari: Tolyatti, Sizran, Novokuybishevsk. Tarkibida 27 ma’muriy tuman, 11 shahar, 23 shaharcha bor. Viloyat Sharqiy Evropa tekisligi- ning Jan.sharqida, Volga daryosining o’rta oqimida, o’rmonli dasht va dasht zonalari chegarasida joylashgan. Volga daryosi ikki (o’ng va chap sohili) qismga bo’lib turadi. O’ng sohil qismida Vol- ga bo’yi qirlari (eng baland joyi 370 m) bor. Chap sohili ham pastbaland. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, bitum, yonuvchi slanes, sof oltin- gugurt, gips, ohaktosh. Iqlimi Konti- nental quruq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -14°, iyulniki 20°-22°. Yillik yog’in 300-400 mm. Vegetasiya davri 180 kun. Asosiy daryosi — Volga. Irmoklari: USA, Sizran, Katta Cheremshan, Sok, Sa- Mara, Chagra, katta Irgiz va b. Kuybi- shev va Saratov suv omborlari bor. SV. xududining 12% o’rmon. Tuproklari: to’q sur tusli tuproq, qoratuproq, kash- tan, podzollashgan tuproklar. Viloyatda bo’ri, tulki, Los, qobon, Olmaxon, quyon, bo’rsiq, kemiruvchilar, suv kalamushi va b.; qushlardan — qur, chil kaklik, karkur uchraydi. Dare, kul va b. suv havzalarida baliqturi ko’p. S.v. hududida Samarskaya Luka milliy bog’i, Jiguli qo’riqxonasi bor. Yirik issiklik elektr stantsiyala- ri, GESlar mavjud. Etakchi sanoat tar- moklari: mashinasozlik va metallsozlik (engil avtomobillar — Volga avtomo- bil z-Di; samolyotlar — “Aviakor”; stanoklar — O’rta Volga stanoksozlik z-Di, “soliton” korxonasi; q.x. mashi- nalari — Sizran q.x. mashinasozlik z-Di; tsement sanoati uchun jihozlar — “Volgosemmash” i.ch. birlashmasi, kon- chilik va energetika sanoatlari uchun jihozlar — “Tyajmash” korxonasi, neft qazib olish uchun jihozlar — samara Doloto z-Di; transformator podstan- tsiyalari — “Elektroshchit” z-Di; pod- shipniklar — “shar” va b. korxonalar). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo sanoatlari (samara, Novokuybi- shevsk va Sizran neftni k,ayta ishlash z-dlari); sintetik spirt, fenol, atseton i.ch. — “Sintezspirt” z-Di; “Sintezkau- chuk” i.ch. birlashmasi; mineral o’g’itlar i.ch. — “Kuybishevazot”, “Tolyattiazot”, “Kuybishevfosfor” i.ch. birlashmalari, kimyo o’g’itlari z-Di; “uglerod” korxo- nasi — sintetik smolalar; “plastik” korxonasi — polimer plyonkalar, kuri- lish materiallari (tsement, asbosement quvurlari, shifer va b.), ozik,ovqat (un, go’sht, sut, yog’moy korxonalari), engil sa- noatlari rivojlangan. QX g’allachilikchorvachilikka ixtisos- lashgan. Tariq, kuzgi javdar, arpa, GRE- chixa, qand lavlagi, dukkaklilar ekila- Di. Asosiy texnika ekini — kungaboqar. Kartoshka, sabzavot, em-xashak ekinlari ham etishtiriladi. Mevazorlar bor. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilik go’shtsut va go’shtjunga ixtisoslashgan. Koramol, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. Volgada kemalar katnaydi. Avtoyo’llar uz. 7227 km, t.y.lar uzunligi 1388 km. Be- ryoza qishlog’ida “Kurumoch” xalqaro Aero- porti bor. 11 oliy o’quv yurti, 8 muzey, 5 teatr, tsirk, filarmoniya, Sergiev Mine- ral suvlari kurorti mavjud.