SAMARADOR HARORAT

SAMARADOR HARORAT – o’simlik faol o’sishi, rivojlanishi va hosilining shakllanishi uchun zarur bo’lgan havo yoki tuproq xarorati. Shu che- garadan past haroratda o’simlikning ri- vojlanishi, urug’ning unishi tuxtaydi, gullashi kechikadi. Ko’pgina o’simliklar uchun Sh.ning quyi chegarasi 5° atrofi- da, issiqsevarlari (makkajo’xori, sorgo) uchun 8-10°, bir qator subtropik ekin- lar (g’o’za, sholi) uchun 12°— 15° ga teng. S.h. havoning o’rtacha sutkalik harorati (faol harorat) b-n muayyan o’simlik uchun biol. minimum bo’lgan harorat ayirma- siga teng. Bu, o’z navbatida, o’simlikning rivojlanishida har bir kunning hissasini aniqlashga teng imkon beradi. Mac, havoning o’rtacha sutkalik harorati 22° bo’lsa, rivojlanishining biologic minimumi 10° ga teng bo’lgan ekin turi uchun S.H 12° ni tashkil etadi, ya’ni shu kundagi o’rtacha sutkalik haroratning 10° dan yuqori qismi ekinning o’sishi va ri- vojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Agrometeorologiyada S.h ekinlar- ning o’sishi va rivojlanishi asosiy ko’rsatkichlaridan biri tarzida qabul qilingan. S.h. yig’indisi vegetasiya dav- ri yoki uning ma’lum qismi uchun kun- dalik haroratning 10° dan yuqorisini jamlash orqali topiladi. Chunonchi, g’o’za maysalari yoppasiga unib chiqishi uchun chigit ekilgan kundan boshlab 95— 100° S.h. yig’indisi zarur (tuprokda namlik etarli bo’lgan sharoitda). Ekish — gul- lash davridagi S.h. yig’indisi 970° ga etganda ertapishar o’rta tolali g’o’za na- vlari, 1000° da o’rtapishar navlari va 1100° da ingichka tolali paxta navlari gullaydi. S.h. yig’indisi ko’rsatkichidan hududning issiqlik resurslarini, ya’ni ekinni o’stirish uchun issiqlik b-n ta’- minlanganlik darajasini baholashda foydalaniladi. Issiklik b-n ta’min- langanlik vegetasiya davridagi o’rtacha ko’p yillik S.h. yig’indisini ekinning to’liq rivojlanish tsikli yoki uning ayrim fazalarining o’tishi uchun za- rur bo’lgan S.h. yig’indisiga nisbati b-n aniklanadi va % larda ifodalana- Di. O’rtacha ko’p yillik S.h yig’indisi ekinning issiklik resurslari b-n ta’- minlanganligining 50% ga, ya’ni 10 y. ning 5 y.ga teng keladi. Ekinning har yili issiqlik resurslari b-n (ya’ni 10 y.ning hammasida) ta’minlanganli- gi eng noqulay yildagi ta’minlangan- lik darajasiga qarab topiladi. O’rta Osiyo sharoitlarida bu ko’rsatkich ekin- ning etilishi (yoki rivojlanishning kerakli fazasiga etishi) uchun talab qilinadigan o’rtacha S.H yig’indisini 20% ko’paytirib olingan qiymatiga mos keladi. S.h. yig’indisi, ya’ni issiklik b-n ta’minlanganlik ko’rsatkichlariga qarab muayyan hududlarda, mamlakatlarda ekin turlari va navlari etishtiriladi. S.h. yig’indisi agrometeorologiyada, q.x. fenologiyasida (ekinlarning rivoj- lanishi va hosil etilishining asosiy fazalari muddatlarini prognozlash) da, shuningdek, agroiqlimiy rayonlash- tirishtsa foydalaniladi (yana q. Faol harorat). Olga Reyzvix.