“Samarqand”
“Samarqand” — jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gaze- tasi. 1913 y. 15 apr.dan Samarqand sh.da haftada 2 marta o’zbek, fors va rus til- larida chiqqan. Noshiri va muxarriri — Mahmudxo’ja Behbudiy (1874— 1919). “S.”da Turkiston o’lkasi xalqlarining taraqqiyoti ko’zlangan va jamiyatdagi islohotlarni yoqlovchi maqolalar va she’- rlar chop etilgan. Evropa va AQShda nashr etiladigan gaz.lar va ularning o’quvchilari haqida ham xabarlar berilgan. Hoji Muin, Munavvarqori, Fitrat, Kamiy, Saidri- zo Alizoda, SiddiqiyAjziy, Nusratil- la Qudratilla o’g’li (Milliy), Rojiy va b. jadid adiblarining asarlari e’lon qilib turilgan. Adadi 400-600 nus- xadan iborat bo’lgan. 1913 y. 17 sent.da 45soni chiqqach, moddiy qiyinchilik sa- babli to’xtagan. Bu vaqtda M. Behbudiy “Oyna” jur.ni chikarishni boshlagan. Ad.: Abduazizova N. A., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.