Samarqand me’morlik- qurilish instituti
Samarqand me’morlik- qurilish instituti, Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat me’morlik-qurilish instituti — me’- morlik va kurilish sohasida yuqori ma- lakali kadrlar tayyorlovchi oliy o’quv yurti. 1966 y. Samarqand sh.da tashkil topgan. Int bakalavriaturasining kunduzgi va sirtqi bo’limlarida 14 yo’nalishda 2200 dan ortiq talaba ta’lim oladi, 8 yo’nalish magistratura, 10 ixtisos- lik bo’yicha aspirantura va 3 yo’nalish bo’yicha doktorantura faoliyat ko’rsatadi. In-tda 6 ta ft, 33 ta kafedrada 274 prof. o’qituvchi (jumladan, 1 O’zbekiston FA akad., 1 ba akademigi, 21 fan D-ri va prof., 137 fan nomzodi va dosent) ishlaydi (2004). Intda, shuningdek, malaka oshirish FTI, “biznes inku- Bator”, “mintaqaviy iqtisodiy ta’- lim markazi”, “biznes — intellekt” xalqaro biznes maktabi, lisey Inter- nata, texnik lisey, masofaviy o’qitish va kompyuter texnologiyalari markazi, loyihalash tadqiqot ustaxonasi, tala- balar konstruktorlik byurosi, kurilish materiallari va konstruktsiyalarining mustahkamligini aniklovchi sinov Mar- kazi, 3 ta ilmiy lab., tadqiqotlar po- ligoni, kutubxonasi, sport zali, suzish havzasi va b. bor. “Me’morlik va kuri- lish muammolari” ilmiytexnik jur. (2000 y.dan) va “Binokor” ko’p tirajli gaz. (1998 y.dan) nashr etiladi. Int fao- liyati A. Oqilov, E. Aliqulov, I. Juma- eV, T. Shirinqulov, T. Xolmatov, 3. Yusu- pov, N. Shodiev kabi olimlar nomlari b-n bog’liq. Int binosi tarhi 110×14 m, 8 qavatli, assimetrik mujassamotga ega. Bosh o’quv korpusi in-t qoshidagi loyiha eksperimental ustaxonasi(1972 y.da tashkil bo’lgan)da loyihalashtirilgan (1984, me’mori o. Ibrohimov, Yu. Zo- Kirova). Koshin, G’ozg’on marmari va ta- biiy toshlar, shuningdek, quyosh nuridan saqlovchi moslamalar b~n jihozlangan. Hududida Ulug’bek haykali o’rnatilgan (1968).