Samarqand qo’g’irchoq teatri
Samarqand qo’g’irchoq teatri, Asror Jo’raev nomidagi Samarqand viloyat qo’g’irchoq t eatri — bolalar tea- tri. 1978 y. 1 sent.da G’ayratiyning “Ali kichkina” spektakli b-n ochilgan. Teatr jamoasi teatr va rassomlik san’ati in- tini tugatgan 18 nafar yoshlardan tashkil topdi. Yangi teatrga Odil Norboev bosh rej., B. Rubinov bosh rassom etib tay- inlandi. “Qaqildoq” (L. Boboxonov), “Satirik miniatyuralar qo’g’irchoklari o’ynaganda” (Yulasskiy), “kishki ertak” (V. Iogelson, A. Anisimov) va b. bi- rinchi mavsum spektakllari bo’ldi. Bular orasida tomoshabinlarga manzur bo’lgan “Dadavoy dangasa” (L. Mahmudov) 1000 martaba qo’yilgan. Teatr o’zbek va rus guruhidan iborat. Yosh teatr jamoasining yuksalishi, repertuarini shakllanishi, aktyor va rej.larni to’g’ri yo’naltirishda V. S. Iogelson, 3. L. Alibekovalar- ning xizmati katta. “Timsoh Gena”, “Ajoyib ertak”, “pahlavonlar qaerga ketishdi”, “Alijon sehrgar” kabi spek- takllarni o’zbek va rus tillarida V. Iogelson sahnalashtirdi. Opasingil Zloyanovalar, O. Abdullaev, S. Rizaza- da, N. Volokitina, R. Nizomboev, M. Mirzaahmedov, M. Muhiddinova kabi aktyorlar spektakllar muvaffakiyati- ni ta’minladilar. “Samar va kand” M. (Xalil), “Obi hayot” (M. Ashurova), “Baxilning bog’i ko’karmas” (J. Maxmu- dov), “o’rmondagi voqea”, “Kachal Botir hangomasi”, “fleytachi Santa”, “yaxshi va yomon”, “uchar gilam”, “sehr saltana- ti” (A. Boboaliev), “Morozko”, “Dyuymo- vochka” (V. Diyorova), “makkor tulkicha”, “Biz Vinni Pux bo’lib o’ynaymiz” (A. Mil), “Hoji tamtam hangomasi” (B. Muhammadiev) kabi spektakllar teatrda so’nggi yillar qo’yilgan eng yaxshi asar- lardir. 2002 y. Yaponiya va Jan. Koreyada o’tkazilgan futbol bo’yicha jahon chempi- onatiga bag’ishlab YUNESKO tomonidan tashkil etilgan “Deyjon qo’g’irchoq tea- tri va ko’cha ijrochiligi” festivalida “Hoji tamtam hangomasi” spektakli b-n qatnashib sovrin olgan. Teatr hoz. kun- da ijodiy jihatdan yuksalish yo’lida. 1992 y. H. Olimjon nomidagi teatr bi- nosiga ko’chib o’tgan. A. Muhammadjonov, N. Hojimetova, M. Malikov, A. Abdurazzoqov, J. Jabborov, E. Xo’jaeva va b. etakchi aktyorlardir. Eson O’rinov.