SAMARQAND TUMANI

SAMARQAND TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da yuqori Dargom nomi b-n tashkil etilgan. Shim.dan Oqdaryo, shim.sharqdan Jomboy, sharqdan Bulung’ur, Jan.dan Urgut, g’arbdan Nurobod, Pastdarg’om tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,48 ming km2. Aholisi 256,2 ming kishi (2004). Tumanda 8 qishloq fuqarolari yig’ini (Bog’ibaland, Dashtakibolo, Kattaqo’rg’onariq, Kulbapoyon, Oxunbo- Boev, Og’aliq, Ulug’bek, Qaynama) bor (2004). Markazi — Gulobod qishlog’i. Tabiati. Tuman hududi viloyatning Jan.Sharqiy qismida joylashgan. Za- rafshon daryosining chap sohilidagi vo- diyda, shim.dan Samarqand sh.ga tutash. Tuman asosan, tog oldi relefiga ega, Ohakli, Mironko’l va qisman Sariko’l baland tekisliklaridan iborat. Zaraf- shon daryosi tumanning shim. Qismini qo’shni Oqdaryo tumanidan ajratib tu- radi. O’rtacha bal. 445 m. Adir, qir va qisman qumli erlardan iborat. Foydali qazilmalardan tog’larda ohaktosh, Mar- Mar, granit, gips, slyuda va volfram bor. Iklimi keskin kontinental. O’rtacha yillik tra 13,4°. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 0,2°, iyulniki 25°. Eng yuqori tra 42°— 44°, eng past tra -26°. Yillik yog’in 321 mm. Vegetasiya davri 215 kun. Tuprokla- ri och tusli bo’z, o’tloqi, o’tloqibotqoq, allyuvial tuproklar. Bu erlar qadimdan obikor dehqonchilik r-nidir. Tabiiy o’simliklardan qamish, savag’ich, qiyoq, bardi, ro’vak, bug’doyiq, ajriq, yulg’un, shuvoq, yantoq va b. o’sadi. Tog’larda ar- chazorlar, pista, irg’ay, zirk uchraydi, tog’o’tloqlari va yaylovlar bor. Yovvoyi hayvonlar kam qolgan: qushlardan ka- klik, bulduruq, qirg’iy, Lochin, burgut, kalxat va h.k. bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, rus tatar, koreys va b. mil- lat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 533 kishi (2004). Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, asosan, Samarqand sh. aholisini sabzavot va po- Liz ekinlari, bog’, tokzor, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari b-n ta’- minlashga ixtisoslashgan. Sanoat, trans- port, aloqa korxonalari bor. S.t.da 828 xususiy korxona bo’lib shulardan 88 tasi yirik, 27 tasi o’rta, 93 tasi kichik va 620 tasi mikrofirmadir. Ular savdo, umu- miy ovqatlanish, kiyim tikish, poyab- zal, teleradioapparatura, avtomobil va mebellarni ta’mirlash, maishiy xizmat ko’rsatish b-n shug’ullanadi. Q.x.ning etakchi tarmog’i— dehqonchilik. Tumanda 9 shirkat va 1 jamoa, 419 fermer, 2 xususiylashti- rilgan chorvachilik fermer xo’jaliklari mavjud. Sug’oriladigan erlar 17,8 ming ga, shundan 7,8 ming ga erga donli ekinlar, 4,9 ming ga erga paxta, 2 ming ga erga sabzavot, 2,9 ming ga erga ozuqa ekinlari ekiladi, shuningdek, kartosh- ka, poliz ekinlari ham etishtiriladi. Xo’jaliklari Chap Qirg’oq, Magistral, Darg’om kanallari va Zarafshon daryosi- dan suv oladi. Tumanda qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. S.t.da 2002/2003 o’quv yilida 66 umu- miy ta’lim maktabida 55 mingdan ziyod o’quvchi, 3 o’rta maxsus o’quv yurtida 1270 o’quvchi ta’lim oldi. 78 kutubxona, mada- niyat uylari, 73 sport maydoni, Og’aliq tog’i soylari atroflarida dam olish maskanlari bor. Tumanda 6 kasalxona, 10 davolash muassasasi, 17 feldshera- kusherlik punkti, 15 qishloq vrachlik punkti mavjud bo’lib, ularda 222 vrach ishlamoqda. 1947 y.dan tuman “Sharq tongi” gaz. nashr qilinadi (adadi 1000).