Sambo
Sambo (rus. — qurolsiz o’zini himoya qilish) — sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlarida- gi eng samarali usullar asos kilib olingan. 20-a.ning 30y.larida SSSRda paydo bo’lgan. S.ning sport (kurash) va jangovar turlari mavjud. S kurashida kurashchilar maxsus belbog’li kalta yak- tak kiyadilar. S.da rakibining ko’l va oyoqlaridan olish, oyoqlar b-n oyoqlariga, qo’liga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. S.da o’z oyog’ida tik turib raqib kuragini erga tekkizsa yoki og’rituvchi usul qo’llanganda raqib o’zini mag’lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo’yicha farq 12 taga etsa, rakib man etilgan usulni qo’llab jazolansa sof g’alaba qayd qilinadi. Ra- kiblardan biri sof g’alabaga erisha ol- masa, olishuv natijasi sportchilarning to’plagan ballariga karab aniklanadi. Jangovar S.da kurashchilar boshga shlem, qo’llariga barmoqlari ochiq qo’lqop kiy- ib, og’izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobakalashadilar. Jango- var S.da tepish, urish, og’rituvchi usullar ko’llash va bo’g’ish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13×13 m gacha kattalikdagi gilam- da o’tkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6×9 diametrli bo’lishi kerak. Kurash tanaffussiz 4-5 min. davom etadi. S.ning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortik: kizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; o’smir o’g’il bo- lalar (16-18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortik; o’smir kizlar (16-18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadi- lar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va S. ning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. S. bo’yicha xalqaro havaskorlik federasiyasi (FIAS; 1985 y. tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat a’zo. 1980 y.dan Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan. 1973 y.dan S.ning sport turi bo’yicha, 2001 y.dan jangovar S. bo’yicha jahon chempionati o’tkaziladi. O’zbekiston S. federasiyasi 1964 y. tu- zilgan. Ayol S.chilarning federasiyasi dunyoda faqat O’zbekistonda tashkil etil- gan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federasiyasiga a’zo bo’lib kirgan. 1971 y. Toshkentda xalqaro turnir, 1972 y. 1evropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 y.da esa o’smirlar, yoshlar va erkaklar o’rtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 y.larda ilk bor ayollar S. yulduzlari – ning jahon chempionati musobaqalari o’tkazilgan. O’zbekiston S. terma jamo- asi jahon chempionatida 1-o’rinni egal- ladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayol- lar va erkaklar, qizlar va o’smirlar) g’oliblikni qo’lga kiritdi. S. bo’yicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo S. Fe- derasiyasining prezidenti (2001 y.dan), xalqaro toifadagi sport ustasi Fazlid- din Po’latov viseprezidenti va Osiyoda S. kurashini rivojlantirish qo’mitasi raisi (2003 y.dan) hisoblanadi. Sobir Kurbonov, Sayfiddin Xodiev, Bobo- Murod Fayziev (2 martadan), Shuhrat Xo’jaev, Akobir Qurbonov, faxriylar o’rtasida esa Fazliddin Po’latov, O’rol Jumaniyozov, Oston Cho’liev (2 martadan) jahon chempioni bo’lishgan. O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar S. bilan muntazam shug’ullanadilar. Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, olim- Piya zaxiralari kollejlarida S. kurashi bo’limlari bor.