Samoa

Samoa (Samoa), Samoa mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) — Tinch okeanning Jan.g’arbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining g’arbiy qismi— Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua va Nuusafee o.larini egallaydi. Mayd. 2,8 ming km2. Aholisi 178,6 ming kishi (2002). Poy- taxti — Apia sh. Ma’muriy jihatdan 14 okrug (district)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. S. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibi- ga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi Konstitusiyasi 1962 y. 1 yanv.da qabul qilingan, unga 1997 y. tuzatishlar ki- ritilgan. Davlat boshlig’i — 1963 y.dan yo’lboshchi Malietoa Tanumafili II, Konstitusiyaga binoan, qabilalarning boshliqlari tomonidan umrbod say- langan, uning vafotidan keyin davlat boshlig’i qonun chiqaruvchi Assambleya tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni fono (Qonun chiqaruvchi Assambleya), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar vulkan otilishi na- tijasida vujudga kelgan tog’lik bo’lib, asosan, bazaltdan iborat. Eng baland joyi 1858 m (Savayi o.dagi Silisi- li tog’i). Qirg’oklari baland va qoyali. Iklimi subekvatorial va tropik, pas- satli, sernam iqlim. O’rtacha oylik tra 25-27°. Nam tropik o’rmonlar b-n qoplangan. Yillik yog’in 2000— 4000 mm; kuchli bo’ronlar bo’lib turadi. Oqar suv- lari yo’q. S. da 600 ga yaqin o’simlik turi bo’lib, ularning 25% endemik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilar kam, qush ko’p. Aholisining 98% samoalar, qolganlari — Okeaniyaning boshqa Orol- laridan ko’chib kelganlar va qisman eV- ropaliklarning avlodlari. Rasmiy til- lar — Samoa va ingliz tillari. Shahar aholisi 21%. Dindorlarning 80% Pro- testant; katoliklar ham bor. Tarixi. S. hududida qadimdan po- lineziyaliklar yashab kelgan. 18-a.dan evropaliklar bu erga kela boshlagan. 1899 y. S.ni Germaniya, 1914 y. Yangi Ze- landiya bosib oldi. 1920y.larda tashkil etilgan “May” vatanparvarlik tashki- loti mustamlakachilarga qarshi kurash- ga rahbarlik qildi. 1962 y. 1 yanv.dan S. mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1970 y. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka qo’shildi. Mamlakat 1997 y.gacha G’arbiy Samoa deb ataldi. S. 1976 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami -1 iyun — Mustaqillik kun i (1962), obhavo sharoiti noqulay bo’lganligi uchun 1 yanv.dan 1 iyunga ko’chirilgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. S. Liberal partiyasi, 1994 y. asos solingan; inson huquklarini himoya qilish partiyasi, 1979 y. tuzilgan; S. milliy taraqqiyot partiyasi, 1985 y.da Xristiandemokratik partiya nomi b-n tashkil etilgan, 1988 y.dan hoz. nomda. Mamlakatda bir qancha tarmoq kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi. Xo’jaligi. Iqtisodiyotining asosi- ni q.x. (plantasiya dehqonchiligi) tash- kil etadi. Mamlakat hududining 32% ishlanadi, 66% ga yaqini o’rmon. Eks- port uchun banan, kokos palmasi, ka- Kao etishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, makkajo’xori, sholi, Taro, apelsin va ananas ekiladi. Chor- vachiligida qoramol, cho’chqa, parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. O’rmonda qimmatbaho nav yog’och tayyorla- nadi. Sanoati qandolatchilik va mebel f-kalari, kiyimkechak, ggoyabzal, kokos yog’i va sovun i.ch., yog’ochsozlik va kofe tuy- ish korxonalaridan iborat. Avtomobil ehtiyot qismlari z-Di mavjud. Avtomo- bil yo’llari uz. salkam 800 km. Apia sh.da dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga kopra, kakao, banan chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, benzin, transport vositalari kelti- radi. Asosan, yangi Zelandiya, AQSh va Avstraliya b-n savdo qiladi. Sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — tala (S. dollari). Maorifi. S.da davlat maktabla- ri b-n bir qatorda xususiy va Missi- onerlik o’quv yurtlari ham bor. 6 y.lik boshlang’ich maktabda darslar ingliz va Samoa tillarida, 6 y.lik o’rta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Apia sh.da 2 un-t, qishloq xo’jalik va. ped. kollej- lari, rasadxona, xalq kutubxonasi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. “Savali” (hukumatga qarashli oylik nashr, 1904 y.dan Samoa va ingliz tillarida chikadi), “Samoa Nyus” (“Samoa yangiliklari”, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1994 y.dan), “Samoa Observer” (“Samoa kuzatuvchisi”, Samoa va ingliz tillarida haftasiga 5 marta chiqadigan gaz., 1979 y.dan), “sa- moa uikli” (“Samoa haftasi”, ingliz ti- lida chiqadigan haftanoma, 1977 y.dan). Mamlakatda axborot agentligi yo’q. S. radioeshittirish xizmati hukumatga qarashli tijorat Mahkamasi bo’lib, 1948 y. tashkil etilgan. S. televizion kor- porasiyasi hukumat qaramog’ida, 1993 y. tashkil etilgan. Me’morligi. Mahalliy aholi sohil yaqinidagi 400 qishlokda, cho’ziqroq doira shaklidagi fale deb ataluvchi an’anaviy chaylalarda yashaydi. Devorsiz chaylalar yog’och qoziqlar ustiga qurilib, tomiga ko- kos yoki pandanus yaprog’i yopiladi. Evro- paliklar Apia sh.da istiqomat qiladi. Shahar markazida 1-2 qavatli evropacha uylar qurilgan, ularning tepasida Cher- kov qo’ng’irokxonalari qad ko’targan. Bu erda mehmonxonalar, mayda korxonalar, xorijiy kompaniyalarning idoralari, shuningdek, hukumat muassasalari joy- lashgan.